1. Saytingizda aniq faktlar bo‘lsin
Kim ekansiz, qaysi shaharda, qanday xizmatlar, telefon va ish vaqti — oddiy matnda, birinchi ekranda. AI noaniq reklama gaplaridan emas, aniq faktlardan foydalanadi.
2. Tuzilgan ma’lumot (schema) qo‘shing
schema.org belgilari orqali saytingiz “bu — klinika, manzili shu, xizmatlari shular” deb mashinaga tushunarli qilib aytadi.
3. Savol-javob bo‘limi yarating
Mijozlar AI’ga beradigan savollarni yozing va qisqa, aniq javob bering: narx qanday belgilanadi, qancha vaqt oladi, qayerda joylashgansiz.
4. Bing’ga ham ko‘rining
ChatGPT’ning internet qidiruvi Bing natijalaridan foydalanadi. Saytingizni Bing Webmaster yoki IndexNow orqali taqdim eting.
5. Hamma joyda ma’lumot bir xil bo‘lsin
Google Xarita, Instagram, Telegram, katalog saytlari — nom, telefon va manzil hamma joyda aynan bir xil bo‘lsa, AI sizga ko‘proq ishonadi.
6. Sharhlar va eslatmalar to‘plang
Boshqa saytlarda va Google’da sizni tilga olgan haqiqiy sharhlar va maqolalar AI uchun eng kuchli signal.
Bonus: llms.txt
Saytning ildiziga llms.txt faylini qo‘ying — bu AI uchun biznesingizning qisqa, toza tavsifi. Bizniki: websell.uz/llms.txt
Savollar
ChatGPT’ga pul to‘lab tavsiyaga tushsa bo‘ladimi?
Yo‘q. AI tavsiyalarini sotib olib bo‘lmaydi; ular ochiq ma’lumot va ishonchlilikka asoslanadi.
Natija qancha vaqtda bo‘ladi?
AI yangi ma’lumotni bir necha hafta yoki oyda o‘rganadi. Qidiruvga ulangan yordamchilar (ChatGPT qidiruvi, Perplexity) tezroq ko‘radi.
Yangilangan: